"Milan" Fabregas uchun pul sarflamoqchi emas

  • 31 dekabr, 2018, 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Milan" "Chelsi" yarim himoyachisi Sask Fabregasni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Tecno

Biroq, Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda “rossonerilar” 31 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini sotib olish uchun pul sarflashmoqchi emas. Shu bois, Fabregas yoki mavsum yakuniga qadar ijaraga olinadi, yoki hozir “Chelsi” bilan shartnomasini bekor qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fabregas va “Chelsi” o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga kelishib olishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Fabregas joriy mavsum “Chelsi” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!