"Milan" Bonaventurani "Yuventus"ga sotishga tayyor

  • 2 may, 2018, 10:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura “Yuventus”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Mediaset Premium nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli italiyalik futbolchi Emre Jan (“Liverpul”) va Alvaro Morata (“Chelsi”) kabi turinliklarning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer nishoniga aylangan. Aytish kerakki, Bonaventuraga shaxsan “Yuve” ustozi Massimiliano Allegri jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “Milan” 4 yil oldin “Atalanta”dan 7 mln evroga xarid qilingan futbolchisini “keksa sinora”ga 25 mln evroga pullamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!