Mesut O‘zil Turkiyaga yo‘l oldi

  • 5 fevral, 2018, 17:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil o‘tgan hafta juda omadli o‘tdi. U “to‘pchilar” bilan uch yillik shartnoma imzolagan  va yangi kelishuvga muvofiq futbolchi haftasiga 300 ming dollar miqdorida maosh oladigan bo‘ldi. Bundan tashqari jamoasining “Everton” (5:1) ustidan qozonilgan yirik g‘alabasini birgalikda nishonladi.

Tecno

Qisqa tanaffusdan foydalangan germaniyalik futbolchi rafiqachi Amina Gyulsha bilan Istanbulga sayohatga yo‘l oldi. Quyidagi rasmni instagram sahifasiga joylagan.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” keyingi turni 10 fevral kuni safarda “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!