Messi ona shahrida Antonella Rokutstsoga uylandi (Foto)

  • 1 iyul, 2017, 09:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi uzoq yillik umr yo‘ldoshi Antonella Rokkutstsoga uylandi.

To‘p kelin-kuyovning ona shahri – Rosarioda bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘yga 250 mehmon tashrif buyurdi.

Ular orasida Messining jamoadoshlari – Neymar, Luis Suares, Jerar Pike va uning ayoli Shakira, shuningdek, Karles Puyol, Gonsalo Iguain, Di Mariya va Serxio Aguero kabi terma jamoadagi sheriklari ham kelgan.  

Qayd etish joiz, 30 yoshli Messi va 29 yoshli Antonellaning ikki o‘g‘il farzandi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!