
Messi La Ligadagi 400-golini urdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi kecha La Liganing 19-turi doirasida "Eybar"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun Ispaniya Primerosidagi yubiley – 400-gol bo‘ldi. Buning uchun esa unga 435ta o‘yin kifo qildi.
Ma’lumot uchun, Messi Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu (311) esa yozda “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar