
Menni Pakyao qachon faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao faoliyatini WBA chempioni Lukas Matissega qarshi jang bilan qayta boshlaydi. Ushbu to‘qnashuv 15 iyul kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadi.
Pakyaoning so‘zlariga ko‘ra, bu uning oxirgi jangi bo‘lmaydi. U faoliyatini Filippinda tugatishni maqsad qilgan.
– Bilaman, Malayziyada meni ko‘plab hamyurtlarim qo‘llab-quvvatlaydi, ammo bu aniq oxirgi jangim emas. Men professional ringdagi faoliyatimni Filippindagi jang bilan yakunlayman, biroq bu vaqtgacha yana bir nechta bellashuv o‘tkazaman, – deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Boxingscene nashri.
Filippinlik bokschi faoliyatini 1995 yilda boshlagan. U sakkiz vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona bokschi. 2016 yilda Pakyao faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi, biroq bir necha oy o‘tib, ringga qaytishga qaror qildi. U so‘nggi marta 2017 yil Jeff Xornga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar