
Meksika termasining sobiq ustozi Paragvayni o‘z boshqaruviga oldi
Meksika terma jamoasining sobiq ustozi Xuan Karlos Osorio Paragvay termasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Paragvay futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Osario jamoa bilan Amerika Kubogi–2019 va JCh–2022 musobaqalarida ishlaydi.
Bundan avval Paragvay termasini Fransisko Arse boshqarib borgandi. Paragvayliklar JCh–2018 turniriga yo‘llanma ola bilmadi.
Fikrlar