Meksika termasi bosh murabbiyi: Kosta, Neymar va Villian qobiliyatli futbolchilar, ammo Koutino ...

  • 30 iyun, 2018, 19:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio jahon chempionati 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi uchrashuvda raqibning etakchi futbolchisi kim ekanligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Qur’a tashlash marosimi davomida Tite(Braziliya termasi bosh murabbiyi - Sports.uz) bilan suhbatlashgandim. U mendan Braziliyaning etakchi futbolchisi deb kim hisoblashimni so‘radi? Men Koutinoni jamoaning eng kuchli o‘yinchisi ekanligini aytib o‘tgandim.

Albatta, Duglas Kosta, Neymar va Villianlarning qobiliyatiga shubha qilmayman, biroq Filippe maydonning istalgan chizig‘ida to‘p tepishi mumkin. Jamoamiz Koutinoga alohida e’tibor qaratishi darkor, - deya Osorioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!