
“Mash’al”: “To‘rtinchi nazorat bahsida ham durang”
Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Mash’al” jamoasi ikkinchi yig‘inini Toshkentda davom ettirmoqda.
Klub rasmiy sayti tarqatgan "gazchilar" tarkibda bir qator yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda. Murabbiylar shtabi o‘yin sifatini oshirish va jamoaga yangi kelib qo‘shilayotgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish maqsadida, kecha Samarqandning
“Dinamo” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi 0-0.
“Mash’al” jamoasining hozirga qadar nazorat uchrashuvlarining natijalari.
“Mash’al” – “Sherdor”: 3:3
“Sho‘rtan” – “Mash’al”: 1:1
“Mash’al” – “Qizilqum”: 3:3
“Mash’al” – “Dinamo”: 0:0
Eslatib o‘tamiz: “Mash’al” jamoasi Toshkentdagi yig‘inda yana bir nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. 13-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan nazorat uchrashuvida “Andijon” bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Qibray futbol maydonida soat 11:00 da boshlanadi.
10 fevral. Toshkent.
Nazorat uchrashuvi:
“MASh’AL” -“DINAMO” 0:0
“Mash’al”: Doston To‘xtaboev, Muhammad Toshpo‘latov, Muhammad Aliqulov, Doniyor Umarov, Ahror Inoyatov, Sanjar Zokirov, Jumaev Ma’ruf, Ahmedov Grigoriy, Samandar Shukrullaev, Elbek Otaqulov.
Zaxira: Rahim Abduqodirov, Husniddin Aliqulov, Sunnatulla Rustamov, Muhammad Rahimberganov, Oybek Jo‘raev. Yodgor Nazarov,Shahboz Jo‘raev.
“Dinamo”: Shohruh Eshbo‘taev, Akmal Xolmurodov, Avaz Agaliev, Jasur O‘rinov, Otabek Narzullaev, Damir Temirov, Nozim Umurov, Komil Sharofutddinov, Sardor Eminov, Qadamboy Nurmetov, Amirjon Safarov.
Fikrlar