Marselo to‘p qo‘liga tekkani va bu penalti ekanini tan oldi

CHERY AUTO

 

Tecno

Evropa chempionalar ligasi yarim final javob o‘yinida “Real” jamoasi o‘z maydonida “Bavariya” futbolchilarini qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:4) musobaqaning finaliga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunida, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda “Bavariya”ning hujumlaridan biri bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Yojua Kimmix o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatganda, “Real” himoyachisi Marselo qo‘li bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Uchrashuv bosh hakami, bir necha bor o‘z qarorlari bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirgan Juneyt Chaqir o‘yin qoidasi buzilmaganini ko‘rsatdi. Hatto uning qanotdagi hamda darvoza yonidagi “yordamchilari” ham ushbu ko‘rmadi (yoki ko‘rishni istamadi).

O‘yindan keyin Marselona to‘p haqiqatdan uning qo‘liga tekkanini (buni yashirishning o‘zi xato bo‘lardi) tan oldi.

“Ha to‘p qo‘limga tegdi. Penalti bormidi? Menimcha bor edi”, – dedi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!