Markos Roxo MYudan ketishi mumkin

  • 28 iyul, 2018, 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Markos Roxo “Vulverxempton”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. The Telegraph nashrining xabar berishicha APL debyutanti 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun 25 mln funt to‘lashi mumkin.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, Roxo joriy yilning mart oyida MYu bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan edi. Biroq, shunga qaramay jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Xabarlarga qaraganda Roxoning transferidan keladigan mablag‘ “Lester” himoyachisi Xarri Maguayrni sotib olishga yo‘naltiriladi. “Tulkilar” esa o‘z futbolchisini 75 mln funtdan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!