Marat Bikmaev: Maydonda borimizni berib harakat qilsak, natijaga albatta erishamiz

  • 6 yanvar, 2019, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmaev Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan Ummonga qarshi o‘yinga tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Biz Ummonga qarshi o‘yinga odatdagidek tayyorgarlik olib boryapmiz. Bo‘lajak o‘yindan boshqa hech narsani o‘ylamayapmiz. Bor fikru xayolimiz birinchi o‘yinni chiroyli o‘tkazib, g‘alaba qozonishga qaratilgan. 

Osiyo Kubogi kabi katta musobaqalarda to‘purarlar ro‘yxatidan joy olishni har bir hujumchi orzu qilishi aniq. Men ham bu ro‘yxatga kirish uchun astoyidil harakat qilaman. Ammo men uchun shaxsiy natijadan ko‘ra jamoa qayd etadigan natija muhim. Agar terma jamoamiz Osiyo Kubogida muvaffaqiyat qozonsa, to‘purarlar ro‘yxatiga kira olmasam ham xafa bo‘lmayman.

Ummonga qarshi asosiy tarkibda kim tushishini murabbiy hal qiladi. Biz esa maydonda borimizni berib harakat qilishga tayyor turamiz. Shunday qilsak, natijaga albatta erishamiz", - deydi Marat Bikmaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
06/01/2019 15:14
Хаммасини уйин курсатади. Ишкилиб иккинчи таймга куч етсинда