
"Manchester Siti" forvardi Meksika klubiga ko‘chib o‘tdi
"Manchester Siti" klubi hujumchisi Marlos Moreno faoliyatini Meksika chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra “shaharliklar” 22 yoshli kolumbiyalik futbolchisini "Santos Laguna" klubiga mavsum yakunigacha ijaraga berishgan.
Eslatib o‘tamiz, Moreno “Manchester Siti” safiga 2016 yil 5,5 mln evro evaziga “Atletiko” Madriddan kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum APLda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar