
Mamlakatimizning eng kuchli atletlari aniqlandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazrligi sport klubi va mamlakatimiz engil atletika federatsiyasi tomonidan ochiq chempionat o‘tkazildi.
Mazkur musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Umida Turg‘unboeva, Durdona Hamidullaeva, Kamila Mirsolieva, Sunnat Ismoilov, Sardor Baxtiyarov va Mirsaid Buxarov marraga birinchi bo‘lib etib keldi.
100 va 110 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Saida Abdumo‘minova qizlar o‘rtasida, Ergash Normurodov esa o‘g‘il bo‘lalar o‘rtasida g‘olib bo‘ldi.
Disk, yadro, nayza va bosqon uloqtirishda Nargiza Qo‘chqorova, Svetlana Proshkina, Anastasiya Aslanidu, Rustam Chinqulov, Sergey Dementev, Ivan Zaytsev va Ivan Markelov teng keladigani topilmadi.
Balandlik, uzunlik va uch hatlab sakrashda Safina Sa’dullaeva hamda Alina Yablokova qizlar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarldi. o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nikita Loginov, Ivan Denisov va Dmitriy Melsitov oltin medal sohibiga aylandi.
Fikrlar