Makgregor murabbiyi: MMA Zubayra Tuxugov uchun emas

CHERY AUTO

SBG zali murabbiyi Jon Kavananing so‘zlariga ko‘ra, shogirdi Artem Lobov MMA jangchisi Zubayra Tuxugov bilan urushmaydi. Endi kompaniya Tuxugov o‘rniga 27 oktyabr kuni bo‘ladigan UFC FIGHT NIGHT 138 turniridagi jangga yangi raqib topadi.

Tecno

Ariel Xelvani Kavana o‘z intervyusida Tuxugovning UFC 229 turnirida bo‘lgan janjaldagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Artyom yangi raqib oldi. Ular nima uchun bunday qilganini bilmayman. Ularning shartnomani qaytarmaganini faqatgina yuridik tomondan aytmasligimiz kerak. Bularning barchasi qandaydir ahmoqlik. Yakunda esa Artem yangi raqib topdi. U menga buni bir necha kun oldin aytdi. Shunday ekan, Artem turnirda jang qiladi.

– Tuxugovni chetlatish? U qafasga kirib, Konorga yaqinlashdi, ammo u bilan ko‘rishish uchun emas. Menga qattiq talablar yoqmaydi, masalan, imkoniyatlardan bekor qilib pul ishlash, ammo men uning bu tashkilotda yana faoliyat yuritishi kerakligi uchun sabab topishga qiygalyapman. Keyin uning videosi rejalashtirilgan va reja bo‘yicha amalga oshirildi. Bu u edimi? U? Jin ursin bu bolani. Bizning MMA sportimiz u uchun emasdir, balki, – deydi Kavana.

Jon Kavananing so‘zlariga ko‘ra, u UFC 229 turniriga qadar SBG zali sportchilarining turli musobaqalardagi ishtiroki va tig‘iz ish grafigi sabab Konor Makgregor bilan gaplashmagan. Ammo u Konorning Xabib Nurmagomedov bilan revansh jang o‘tkazishga qattiq ishonayotganiga ishonchi komil. Buni irlaniyalik sportchi jangdan keyin ham ta’kidlab o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!