Makgregor: Xabib jangdan voz kechganda Fergyuson yoki Pettis bilan urushardim

CHERY AUTO

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jangdan bosh tortadigan bo‘lsa, Toni Fergyuson yoki Entoni Pettis bilan urushishga tayyor ekanligini bildirgan.

Tecno

Men oldinni o‘ylayapman. Tez orada Dastin Pore Dias bilan kuch sinashadi. Yaqinda Tayron Vudli yarim o‘rta vaznda himoya jangini o‘tkazdi. Jorj Sen-Per engil vaznga harakat qilmoqda. Shunday bo‘lsada, barcha bizning jangimizni istamoqda. Men qaytdim va jang qilishga tayyorman, ammo hozir kuzatyapman.

– Toni Fergyuson va Entoni Pettis jangi UFC 229 turnirida bo‘lishi e’lon qilinganda, men o‘ylagandim: Agar Xabib jangdan voz kechsachi? Hurmatsizlik bo‘lmaydi, ammo men bu ikki jangchini umuman bilmayman. Ularning biri bilan urushish? BU ajoyib bo‘lardi, biroq men hozir bor diqqatimni jangga qaratganman. Xabib bunda ishtirok etmaganda, men ularnig biri bilan urushgan bo‘lardim, – deydi Makgregor Sports.ru nashriga.

Fergyuson – Pettis qarama-qarshiligi 6 oktyabr kuni UFC 229 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangida esa Makgregor va Nurmagomedov o‘zaro taqnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!