Makgregor Meyvezerdan revansh olish istagi borligini yashirmayapti

CHERY AUTO

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan ikkinchi marta jang qilish istagi borligini ta’kidlab o‘tdi. U shuningdek, bu jang ringda yoki oktagonda bo‘lishi muhim emasligini aytib o‘tgan.

Tecno

Men faoliyatimni davom ettirish uchun juda ko‘plab variantlarni ko‘rib chiqyapman. Ular orasida boks janglari ham bor. Menga Meyvezer bilan revansh jang qilish juda qiziq. Agar u o‘zida kuch topa olib, MMA qoidalari bo‘yicha oktagonda urushsak juda xursand bo‘lardim, ammo ringda jang qilish taklifi berilsa ham mamnuniyat bilan qabul qilaman. Mening yagona shartim qoidalarga hech qanday o‘zgartirish kiritmaslik. Bu MMA bo‘lsa, haqiqiy MMA qoidalari, agar boks bo‘lsa ham shunday. Agar Floyd urushishni istasa, revansh qilamiz, ammo quruq so‘zlar bilan urushish kerak emas, agar unga bu kerak bo‘lmasa, – deya irlandiyalik sportchining so‘zlarini keltiradi Skysports nashri.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 6 oktyabr kuni UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!