
MYuning qishki transferlar mavsumidagi asosiy "nishoni" ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” klubi qishki transferlar vaqtida xarid qilinishi kerak bo‘lgan asosiy futbolchini aniqlab oldi, deya xabar bermoqda The Sun nashri.
Ushbu nashrning tarqatgan xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” bor imkoniyatni ishga solib “Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreldni tarkibga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu transfer 45 million evroga baholanmoqda. Bunga Manchester rahbariyati va murabbiylar shtabi rozilik bildirgan.
Uning “taqachilar” bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar