MYu Valensiya o‘rniga "Yuventus" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 1 mart, 2019, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyaichisi Antonio Valensiya jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 33 yoshli ekvadorlik futbolchi o‘rniga “Yuventus”ning 24 yoshli portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluni olib kelishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kanselu joriy mavsum A Seriyada jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Valensiya “Manchester Yunayted” sharafini 2009 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 240ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!