
"Liverpul" Germaniya terma jamoasi a’zosini kuzatmoqda
Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi yarim himoyachisi Kerem Demirbay hamon "Liverpul"ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.
Turkish-Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar skautlari 25 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosining o‘yinlarini bahordan buyon kuzatishmoqda. Ayni damga kelib “Liverpul” futbolchining vakillari bilan aloqaga ham chiqqan.
Ma’lumot uchun, Demirbay joriy mavsum “Xoffenxaym” safida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar