Liga-1. PSJ "Monako" darvozasiga 7 ta gol kiritgan PSJ 7-marta Frantsiya chempioni bo‘ldi

  • 16 aprel, 2018, 02:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Frantsiya chempionati 33-turidan o‘rin olgan PSJ hamda "Monako" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar monegaskliklardan 7:1 hisobida ustun keldi.

Natijada, Unai Emeri jamoasi chempionat tugashiga 5 tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi - "Monako"ni 17 ochkoga ortda qoldirgan holda muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, PSJ o‘z tarixida ettinchi bor Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ularga 1985/86, 1993/94, 2012/13, 2013/14, 2014/15, 2015/16 yilgi mavsumlarda ham Frantsiyada teng keladigani topilmagan edi.

Frantsiya chempionati.  33-tur

PSJ – Monako 7:1 (4:1, 3:0)

Goly:1:0 – 14 Lo Chelso, 2:0 – 17 Kavani, 3:0 – 20 Di Mariya, 4:0 – 27 Lo Chelso, 4:1 – 38 Lopesh, 5:1 – 58 Di Mariya, 6:1 – 76, avtogol Falkao, 7:1 – 86 Draksler.

PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Markinos, Rabo (Diarra, 65), Lo Chelso (Nkunku, 80), Pastore, Draksler, Di Mariya (Mene, 75), Kavani.

Monako – Subashich, Jemerson, Radji, Jorje, Sidibe (Gezzal, 34), Lemar, Fabino, Lopesh (Diakabi, 75), Moutinyu, Ture, Falkao (Tilemans, 82).

Ogohlantirishlar:Pastore (40), Fabino (61), Radji (61), Moutinyu (78).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!