
Liga-1. "Monako" g‘alaba qozondi, PSJ esa yana yutqazdi
Kecha shuningdek Frantsiya chempionatida ham 37-turdan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
Hususan, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan PSJ shu kuni o‘z maydonida “Renn” klubini qabul qildi va kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, parijliklar bundan avvalgi uy uchrashuvida “Amen”ni (2:2) enga olisholmagan edi.
“Monako” ham PSJ singari o‘z maydonida to‘p surdi. Biroq monakoliklar poytaxtliklardan farqli ravishda “Sent-Eten”ga qarshi bahsni g‘alaba bilan yakunlashdi – 1:0.
“Monako” – “Sent-Eten” 1:0 (0:0, 1:0)
12 may «Lui II»
Gol: 1:0 – 90, penalti Fabino.
“Monako” – Subashich, Ture (Sidibe, 68), Glik, Jemerson, Serrano, Fabino, Moutinyu, Lopesh (Gezzal, 68), Tilemans (Pellegri, 80), Lemar, Silla.
“Sent-Eten” – Ryuffe, Debyushi, Perren, Subotich, Teofil-Katrin, Silva (Selnes, 71), Kabella, Mvila, Diusse (Monne-Pake, 65), Bamba, Ntep (Amuma, 64).
Ogohlantirishlar: Serrano (7), Teofil-Katrin (41).
Chetlatish: Gezzal (90).
***
PSJ – “Renn” 0:2 (0:0, 0:2)
12 may «Park de Prens»
Gollar: 0:1 – 52, penalti Burigo, 0:2 – 71 Yunu.
PSJ – Trapp, Mene, Markinos, Kimpembe, Berchiche, Diarra (Rabo, 62), Motta (Pastore, 77), Lo Chelso, Di Mariya, Mbappe, Nkunku (Draksler, 61).
“Renn” – Koubek, Traore (Sarr, 74), Jelen, Nyanon, Bensebayni, Prtsich (Mauassa, 90), Zeffan, Andre, Lea Siliki, Burigo, Yunu.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (48).
Fikrlar