
"Lester" Shmeyxelni qanchaga sotmoqchi?
Angliyaning "Lester" klubi o‘zining asosiy darvozaboni Kasper Shmeyxelning transfer narxini e’lon qildi.
Bleacher Report Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “tulkilar” 31 yoshli daniyalik posbonni 55 mln evrodan kamisha qo‘yib yuborishmaydi. Aytish kerakki, Shmeyxel uchun ayni damda “Roma” hamda “Chelsi” klublari jiddiy kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Shmeyxel yakunlangan mavsum “Lester” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 49ta to‘p olib chiqqan.
Fikrlar