Leroy Sane – APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi

  • 23 aprel, 2018, 08:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Manchester Siti" klubi hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leroy Sane Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Sane Angliya chempionatining 28 ta uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 marta ishg‘ol qildi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ta’kidlash joiz, ushbu sovringa Xarri Keyn ("Tottenxem"), Ederson ("Manchester Siti"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"), Rayan Sesenon ("Fulxem") va Raxim Sterling ("Manchester Siti") da’vogarlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!