
Leroy Sane APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu sovringa “Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Sane loyiq ko‘rildi. Germaniyalik iqtidor egasi bu borada Ederson Moraes («Manchester Siti»), Rayan Sessenon («Fulxem»), axim Sterling («Manchester Siti»), Xarri Keyn («Tottenxem») va Markus Reshford («Manchester Yunayted») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum APLda jami 28ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar