Legionerlarimiz. Yurtdoshlarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari haqida

  • 3 aprel, 2017, 09:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun biz odatimizga ko‘ra, xorij chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari va ularda hamyurtlarimizning ishtiroki haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Tecno

Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida

“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari

“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari

Yaponiya

Kunchiqar yurt – Yaponiyada faoliyat yuritayotgan Fozil Musaev “Jubilo Ivata” safidagi debyut golini  urishga muvaffaq bo‘ldi. “Shimuzu”ga qarshi bahsda Fozil Musaev 22-daqiqada sariq kartochka ishlab olgan bo‘lsa, oradan 15 daqiqa o‘tib Yaponiya chempionatidagi ilk golini urishga erishdi. Shuningdek, Fozil 78-daqiqada o‘z o‘rnini Matsuiga bo‘shatib berdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Musaev jamoasi 7 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 10-pog‘onasida bormoqda.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreya Birinchi ligasida esa “o‘zbek derbisi” bo‘lib o‘tdi. Yaxshi bilasiz, “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Bahodir Pardaev ham faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettirmoqda. Janubiy Koreya birinchi ligasining 5-turida Bahodir Nasimov o‘ynaydigan “Ansan Griners” o‘z maydonida Pardaev to‘p suradigan “Bucheon”ni qabul qildi. Anchagina murosasiz kechgan o‘yinda “Bucheon 1995” 4:2. Nasimovning jamoasi hozirda 10 jamoa orasida 7, Pardaevning “Bucheon”iesa  5-o‘rinda bormoqda.

>>Ishsiz yurgan top murabbiylar

Eron

Eron chempionati 25-turida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov to‘p surayotgan “Sepahon” jamoasi o‘z maydonida “Saipa” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur o‘yinda Jeparov jamoasi 3:1 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz ushbu o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Navbatdagi muvaffaqiyatdan keyin “Sepaxon” ochkolari sonini 35 taga etkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Qatar

Qatar Yulduzlar Ligasi 24-turida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov to‘p surayotgan “Al-Sayliya” jamoasi o‘z maydonida “Muaytar” klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Abduxoliqovning penaltidan urgan goli esa uning jamoasini mag‘lubiyatdan saqladi. Ushbu uchrashuvda Temurxo‘ja 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi, Sanjar Shoahmedov o‘yin yakunida zaxiraga olindi.

Sanjar Tursunovning “Al-Xaritiyat” jamoasi esa safarda “Al-Axli” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Sanjar Tursunov 90  daqiqa o‘ynagan ushbu o‘yinda uning “Al-Xaritiyat”i 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Sardor Rashidov zahiradan tushgan o‘yinda esa “Al-Jaish”  turnir peshqadami – “Lexviya” mehmoni bo‘ldi va safarda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi –  5:1.

>>Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz

Bu turdan so‘ng “Al-Sayliya” 27 ochko bilan 10 jamoa orasida 7, “Al-Xaritiyat esa 28 ochkosi bilan 7, hisobida 45 ochkosi bo‘lgan “Al Jaish” esa 4-o‘rinda bormoqda.

Xitoy

Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Changchun Yatay” jamoasi Xitoy Super ligasining 3-turida o‘z maydonida “Shandon Luneng” jamoasini qabul qildi. Ismoilov ishtirok etmagan mazkur o‘yinda uning jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Krimetsning “Beyjing Guoan”ni esa o‘z maydonida Karlos Teves to‘p suradigan “Shanxay Shenxua”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Krimets uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Axmedovning “Shanxay SIPG”i esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. “Guanchjou Evergrand”ga qarshi o‘yinda Axmedovsiz o‘ynagan Villash-Boash jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi

Anzurning “Changchun Yatay” jamoasi xali ochko olganicha yo‘q va xamon turnir jadvalining eng quyi qismida turibdi. Krimets to‘p suradigan “Beyjing Guoan” esa 4 ochkosi bilan 8, “Shanxay SIPG” esa 6 ochkosi bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Malayziya

Malayziya Super ligasining 8-turida Farxod Tojiev va Dilshod Sharofuddinovlar to‘p suradigan “T-TIM” jamoasi “Kelantan” mehmoni bo‘lib, 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlarning ikkichi goli esa aynan Tojiev hisobiga yozildi. Har ikkalar futbolchimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan xolda, 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. Ayni vaqtda esa “T-TIM” 12 jamoa orasida 9-o‘rinda bormoqda.

>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar

Rossiya

RFPLda esa 21-tur davom etmoqda. Vitaliy Denisovning “Lokomotiv”i safarda “Ufa” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib ortga qaytdi. Hamyurtimiz esa o‘yinni jarohati sabab, o‘tkazib yubordi.

>>Futboldagi abadiy do‘stlar

Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” esa bugun turnir peshqadami – “Spartak” uyiga safar qiladi.

Hozirda “Loko” futbolchilari 16 jamoa orasida 30 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Afonin jamosi esa yanada pastda joylashgan.

Serbiya

Serbiya Super ligasida esa 28-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Husniddin G‘ofurov to‘p tepadigan “Yavor” klubi safarda “Mladost” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. G‘ofurov 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. Ayni vaqtda hisobida 39 ochkosi bo‘lgan ivanitsaliklar turnir jadvalida 16 jamoa orasida 8-o‘rinni  egallab turibdi.

Qozog‘iston

Kecha Qozog‘iston chempionati 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib borayotgan “Atirau” “Akjayik” mehmoni bo‘ldi. Safarda harakat qilgan Salomov jamoasi 2:2 hisobidagi durangga erishdi. Shavkat Salomov esa ushbu bellashuvda to‘liq 90 daqiqa maydonda to‘p tepdi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!