
Legionerlarimiz. Shukurali Po‘latovning jamoasi kubokni tark etdi
Hamyurtimiz Shukurali Po‘latov to‘p suradigan "Semen Padang" jamoasi "PS TNI" klubi mehmoni bo‘ldi. "Sultan Agung Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Po‘latov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Dastlabki o‘yinda ham 2:1 hisobida zafar quchgan "PS TNI" jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobi bilan kelgusi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Indonziya kubogi. 1/16 final. Javob bahsi
"PS TNI" - "Semen Padang" 2:0.
Fikrlar