
Legionerlarimiz. “Jubilo Ivata” irodali g‘alabaga erishdi. Musaev esa…
Bugun Yaponiya J ligasi kubogining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” bugun safarda “Kashiva Reysol”ga qarshi bahs olib bordi.
Hozirgina yakuniga etgan o‘yinda, mehmonlar so‘nggi daqiqalarda irodali g‘alabaga erishishdi va mazkur turnirdagi o‘zlarining ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz mazkur o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Qayd etib o‘tish joiz, Musaev bugungi bahsni ham inobatga olganda, ketma-ket 3 ta bahsdan buyon qaydnomaga ham kiritilmay kelmoqda.
Yaponiya J ligasi kubogi. 4-tur
“Kashiva Reysol” – “Jubilo Ivata” 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 16 Diego, 1:1 – 76 Kavabe, 1:2 – 86 Ogava.
Fikrlar