Legionerlarimiz. Afoninning jamoasi Premer ligada qolish uchun katta qadam tashladi

CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer ligasida 27-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” jamoasi o‘z maydonida “Krasnodar”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

49-daqiqada Lobjanidze tomonidan kiritilgan yagona gol orenburgliklarga o‘ta muxim 3 ochkoni olib keldi. Hamyurtimiz esa nihoyat ushbu turda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 40-daqiqada esa Afonin hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Orenburg” xavfli  zonadan biroz bo‘lsada uzoqlasha oldi va 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Orenburg – Krasnodar 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 49 Lobjanidze.

Orenburg – Rudenko, Afonin, Sivakov, Andreev, Poluyaxtov, Dragun, Grigorev (Nexaychik, 67), Georgiev, Vorobev (Breev, 74), Parnyakov(Efremov, 90), Lobjanidze.

Krasnodar – Sinitsyn, Petrov (Laborde, 77), Martynovich, Grankvist, Ramires, Kabore, Gazinskiy, Klasson (Podberezkin, 69), Jigulev,Vanderson (Pereyra, 55), Smolov.

Ogohlantirishlar: Smolov (38), Vanderson (39), Parnyakov (40), Afonin (40), Gazinskiy (51), Rudenko (86).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!