
Kurash: Ruslan Bo‘riev finalda
Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan kurash bo‘yicha -66 kg vazn toifasidagi kurashchilar o‘rtasidagi bahslarda birinchi finalchi nomi aniq bo‘ldi.
Xususan, yarim final bosqichining birinchi bahsida hamyurtimiz Ruslan Bo‘riev Xitoy Taypeyi vakili Xaocheng Changga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli o‘tgan bellashuv esa sportchimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar