
Kurash: Muhsin Hisomiddinov ham finalda
Osiyo o‘yinlarining kurash bahslari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bellashuvlarning +90 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasidagi yarim final bosqichida hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov afg‘onistonlik Mansur Sarvariga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli o‘tgan bahs esa polvonimizning foydasiga yakunlandi. Qayd etish lozim, Hisomiddinovning final bosqichidagi raqibi Nurbek To‘raev - Jafar Pahlavonijaghar o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar