
Kun muhokamasi: kim FIFPro – 2018 ramziy termasidan o‘rin olishi kerak?
FIFPro World XI – 2018 talqini bo‘yicha yil ramziy terma jamoasi uchun nomzodlar nomi e’lon qilindi. Xo‘sh, bu safar yakuniy ramziy terma jamoadan kim o‘rin olishi mumkin? Squawka nashri mutasaddilari o‘zlarining tahlillari bilan o‘rtoqlashishdi.
Muhammad Batt, bosh muharrir
Darvozabon – Keylor Navas. Mavsumni yuqori notada o‘tkazgan Yan Oblak hatto qisqa ro‘yxatga kiritilgani ham yo‘q. Demak, “Real”ga Chempionlar Ligasini qatorasiga uchinchi marta yutishida yordam bergan Navas ushbu individual sovrinni qo‘lga kiritadi.
Himoya – Serxio Ramos, Rafael Varan, Diego Godin, Xordi Alba. Albaning fenomenal mavsumni o‘tkazgani, Godin Umtiti va Varanga munosib raqobatchilik qilgani sabab ushbu ramziy termaga kiritilishi shart. FIFPro qoidalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan to‘rt himoya ramziy termadan o‘rin egallaydi. Bunday taqdirda Ramos o‘zining o‘ng qanot himoyasidan joy olishi mumkin.
Muhim statistika – La Liganing birorta himoyachisi o‘tgan mavsumda Albachalik eng ko‘p assistentlik qilmagan. Uning hisobida naq 8 ta golli uzatma bor.
Yarim himoya – Serxio Buskets, Luka Modrich, Kevin De Bryuyne. Buskets hamon o‘yinni kuchli nazorat qiluvchi vazifasida. “Miya markazi” Modrich bilan “Real” va Xorvatiya termasi nimalarga erishganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Ngolo Kante va Eden Azar yaxshi o‘ynashdi, biroq “Manchester Siti”ning tarixiy 100 ochko olishida De Bryuynechalik yorqin o‘yin ko‘rsatishmadi.
Muhim statistika – De Bryuyne o‘tgan mavsumda kuchli beshlikda eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan. (16 ta)
Hujum – Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Antuan Grizmann. Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi, demak unga joy kafolatlangan. Ronaldu gol urgan sari yangidan-yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. So‘nggi o‘ringa Jahon Chempionati qahramonlari – Grizmann va Mbappe kurashishi aniq. Biroq Evropa Ligasi bosh sovriniga aylangan Grizmann kuchli uchlikdan o‘rin egallash imkoniyati yuqori.
Jeyms Richards, jurnalist
Darvozabon – Tibo Kurtua. Belgiyalik posbon Mundialda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Uning o‘yinlari yaxshirog‘iga arzirdi, shu sababli “Real” uni yozda o‘z safiga qo‘shib oldi.
Muhim statistika: Kurtua Mundialdagi darvozabonlari orasida eng ko‘p seyvlarni amalga oshirgan. (27) u zarbalarning 80.65 % ni qaytargan.
Himoya – Keran Tripper, Rafael Varan, Virgil Van Deyk, Marselo. Tripper Jahon Chempionatini munosib tarzda o‘tkazdi. Bu bilan u o‘z saviyasini bir pog‘ona ko‘tarib oldi. Marselo esa o‘z sifatini ko‘rsatishda davom etmoqda. “Liverpul” esa gollandiyalik eng qimmat himoyachisi evaziga mustahkam himoyani tuzib olgan bo‘lsa, Varan ayni vaqtda dunyoning eng yaxshi himoyachisi hisoblanadi.
Yarim himoya – Ngolo Kante, Luka Modrich, Kevin De Bryuyne. Kante o‘ynagan jamoasini chempionga aylantirmoqda. “Lester”dan tortib, Frantsiya termasigacha. Ularning bari aynan tayanch yarim himoyachisining munosib o‘yini orqali ancha ishonchli harakat qilishmoqda. Modrich Xorvatiya termasining o‘sishida muhim figuraga aylandi. De Bryuyne esa “Manchester Siti”ning asosiy yaratuvchisi bo‘ldi.
Muhim statistika – Premer Ligada yoki Jahon Chempionatida birorta futbolchi Kante kabi eng ko‘p raqibdan to‘pni olib qo‘yishga erisholmagan.
Hujum – Kilian Mbappe, Xarri Keyn, Krishtianu Ronaldu. Mbappe atigi 19 yoshda bo‘lishiga qaramay, yuqori saviyani ko‘rsatmoqda. Jahon Chempionati “Oltin butsa”si sohibi Keyn esa Angliyaga katta yordam berdi. Ronaldu esa 33 yoshda bo‘lishiga qaramay hamon dunyoning eng yaxshi futbolchisi! Messi esa Jahon Chempionatida o‘zini ko‘rsata olmagani sababli ramziy terma jamoadan o‘rin olmasa kerak.
Kris Smit, jurnalist
Darvozabon – David De Xea. Jahon Chempionatida termasi bilan omadsiz ishtirok etgan De Xea “Manchester Yunayted”gilarning ko‘pchiligi o‘yini qovushmaganida aynan ispaniyalik posbon jamoasi jonig oro kirdi va Premer Ligada ikkinchi o‘rinni egallashiga yordam berdi.
Himoyachilar – Keran Tripper, Serxio Ramos, Van Deyk, Marselo. Tripper bir necha yillik qattiq mehnati mevasini ko‘rishi kerak. Van Deyk esa “Liverpul”ning Evropa grandlariga “yangi chaqiriq” tashlashida muhim omil bo‘ldi. Marselo esa “Real” bilan fantastik mavsumni yakunladi. Ramos ham Chempionlar Ligasini tarixiy qatorasiga uchinchi marta yutib oldi.
Muhim statistika – Premer Ligada yanvar oyida “Liverpul”da debyut o‘yinini o‘tkazganidan beri Van Deyk eng ko‘p toza o‘yin (10 ta) o‘tkazdi. Chempionatning 17 o‘yinida u “qizillar” bilan atigi 10 gol o‘tkazib yubordi.
Yarim himoyachilar – Ngolo Kante, Luka Modrich, Kevin De Bryuyne. Modrich navbatdagi fantastik mavsumdan keyin individual sovrinlarni yutishga haqli edi. De Bryuyne ayni vaqtda Premer Liganing eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lib turibdi. Kante Rossiyada unutilmas onlarni o‘tkazdi. U o‘ynagan jamoasiga sovrinlarni tortadigan magnit futbolchiga aylanib bormoqda.
Hujumchilar – Lionel Messi, Saloh, Krishtianu Ronaldu. Fakt shuki, ushbu uchlikning barchasi Jahon Chempionatida o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Ular birgalikda 133 gol urishga erishishdi. Ronaldu va Messi La Ligani “buzib tashlagan” bo‘lsa, Saloh Angliyada porladi.
Fikrlar