
Kiki Bertensning kuchli zarbalari g‘alaba keltirdi
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Sidney shahrida o‘tayotgan tennis turnirining ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Kiki asosiy to‘r bahslarining birinchi bosqichida amerikalik Bernarda Perani 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi "Sydney International" musobaqasida Bertens ispaniyalik Garbin Mugurusa va Karla Suares Navarro uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar