
"Kevo" mavsumdagi ilk g‘alabasini 19-turga kelib qo‘lga kiritdi
“Kevo” bugun A Seriyaning 19-turida “Frozinone”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu veronaliklarning joriy mavsum chempionatdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. E’tiborlisi, “Kevo” nafaqat A Seriyada, balki Evropaning kuchli beshlik chempionatlari jamoalari orasida ham eng so‘nggi bo‘lib g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Kevo” ayni damda 19ta turdan so‘ng musobaqa jadvalida 8 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar