
Kevin de Bryoyne: O‘yin taqdirini faqatgina bitta burchak zarbasi hal qildi
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne kecha JCh-2018ning yarim finalida Frantsiyaga (1:0) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun jamoalarning finalga chiqish imkoniyatlari 50-50 edi. Biz uchun ushbu bahs juda og‘ir kechdi. Chunki biz judayam tartibli jamoaga qarshi o‘ynadik. Frantsiyada ham, bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq, barchasini faqatgina bitta burchak zarbasi hal qildi.”, - deydi de Bryoyne.
Eslatib o‘tamiz, bugun Xorvatiya hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Belgiyaning 3-o‘rin uchun bahsdagi raqibi ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar