
Jurnalistlar diqqatiga! Ertaga matbuot anjumani!
Xabaringiz bor Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi qaroriga muvofiq Toshkentda 11 noyabr kuni erkaklar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha “Satellit“ xalqaro turniri, 17-18 noyabr kunlari esa o‘smir-qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 8 noyabr kuni mazkur musobaqalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan barcha OAV xodimlarini Respublika badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabiga taklif qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumani 15:00da boshlanadi, 14:30da esa jurnalistlar ro‘yxatdan o‘tkazilinadi.
O‘zbekiston qilich bozlik federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar