
Jek Uilsher yozda o‘z jamoasini o‘zgartiradi
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
“Arsenal” ayni paytda “Bornmut” safida to‘p surayotgan futbolchisining vakillari bilan yangi shartnoma tuzish borasida hech qanday aloqaga chiqmagan. Shundan kelib chiqqan holda, londrnliklar keyingi transfer mavsumida futbolchini sotib yuborishi mumkin.
Qayd etish joiz, Uilsherning shartnomasi 2018 yil yozida yakunlanadi. Shuningdek, angliyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Roma” va “Milan” klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar