Jaloliddin O‘ktamov: Raqibimni birinchi raundda nokaut qilib, maqsadimga erishdim

  • 26 mart, 2017, 12:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etildigan professional boks kechasida jizzaxlik bokschi Jaloliddin O‘ktamov debyut jangini o‘tkazdi.

Tecno
 

Iste’dodli bokschimiz professional ringdagi birinchi uchrashuvida rossiyalik Aleksandr Tixonov bilan jang qildi. Ushbu bahsda Jaloliddin O‘ktamov birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

SPORTS.uz axborot portali yangi chiqqan nokautchi - Jaloliddin O‘ktamovdan maxsus intervyu oldi.

- Jaloliddin, ilk g‘alaba bilan muxlislar nomidan tabriklaymiz! Jang taassurotlari haqida gapirib bersangiz.

- Tabrik uchun rahmat. Professional ringdagi dastlabki uchrashuvimdan oldin biroz hayoyajonlandim. Lekin uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rgandim. Ringga ko‘tarilishim bilan o‘zimni qo‘lga oldim va maqsad sari dadil qadam tashladim. Professional boksdagi ilk jangimni nokaut bilan yakunlashni istagandim. Jangda muammoga duch kelmadi. O‘zim istagandek Aleksandr Tixonovni birinchi raunddayoq erga qulatdim. Albatta, bu jangda havaskorlar bokschida orttirgan tajribam qo‘l keldi. Men keyingi janglarni ham nokaut bilan yakunlashga harakat qilaman.

- Boksdagi murabbiylaringiz kimlar va havaskor bokschi sifatida qanday yutuqlarga erishgansiz?

- Birinchi ustozim jahon kubogi g‘olibi Lazizbek Zokirov. Uztozim menga boks sir-asrorlarini puxta o‘rgatgan. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Alisher Qodirov ham meni janglarga tayyorlaydi.

Havaskor bokschilar orasida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Kattalar o‘rtasida mamlakat chempionatida sovrinli o‘rinlarni egalladim. Ko‘p xalqaro turnirlarda g‘olib chiqqanman. Jahon kubogi musobaqasida qatnashganman.

- Boksda kimlarga havas qilasiz va professional boksda o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ygansiz?

- O‘zbekistonlik bokschilardan Elshod Rasulov va Dilshod Mahmudovning jang uslubi menga ko‘proq yoqadi. Har ikki bokschi jahon maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishgan. Ularga chin dildan havas qilaman.

- Professional boksda men uchun eng zo‘r bokschilar Muhammad Ali va Roy Jonsdir.

- Professional boksga shunchaki jang qilish uchun o‘tganim yo‘q. Oldimga katta maqsadlarni qo‘yganman. O‘z vaznimda jahon chempionligi kamarini olishni istayman. Professional bokschi sifatida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishni orzu qilaman.

O‘zbek boks maktabi dunyoda eng kuchlilardan. Bir necha hamyurtlarimiz professional bokschda jahon chempioni bo‘lgan. Hozir ham ko‘p tenqurlarim va men bilan bir paytda shug‘ullangan do‘stlarim professional boksda yutuqlarga erishib, muxlisu mutaxassislar e’tibori va hurmatini qozonmoqda.

Jaloliddin, suhbat uchun rahmat. Faoliyatingizda omad va g‘alabalar tilaymiz.

- Rahmat.Men ham g‘alabalarim va nokautlarim bilan muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!