Jahon chempionatida qatnashadigan dzyudochilarimiz nomi e’lon qilindi

  • 5 avgust, 2017, 22:05
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Shu yilning 9-13 avgust kunlari Chilida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi.

Tecno
 

Xalqaro dzyudo federatsiyasi shafe’ligida bo‘ladigan nufuzli musobaqada dunyoning etmishga yaqin davlatidan 440 nafardan ziyod dzyudochi g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Jahon chempionatida yurtimiz sharafini Maqsud Ochilov, Xurshid Abdusaidov, Rahim Ismoilov, Zafarbek O‘rmonaliev, Jayxunbek Nazarov, Ozodbek Murodov, Muzaffarbek To‘raboev, Akram Bo‘ronov, Chingizxon Shokirov, Edgar Grigoryan himoya qiladi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda terma jamoamiz nomidan Halima Qurbonova, Shukurjon Aminova, Sita Qadamboeva hamda Nilufar Ermagambetova gilamga chiqadi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi 7 avgust kuni musobaqaga jo‘nab ketadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!