
JCh-2018da eng yomon ishtirok etgan terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha JCh-2018ning guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.
Unga ko‘ra Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, Marokash, Peru, Avstraliya, Nigeriya, Islandiya, Serbiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya, Germaniya, Tunis, Panama, Senegal va Polsha musobaqaning davomini o‘z uylarida ko‘radigan bo‘ldi.
E’tiborlisi, turnirni guruh bosqichida yakunlagan yuqoridagi 16ta terma jamoa ichida eng yomon ko‘rsatgich Panamaga tegishli bo‘ldi. Shimoliy amerikaliklar guruh bosqichida birorta ham ochko to‘play olishmadi. Aytish lozimki, misrlik futbolchilar ham barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrashdi, ammo ularda to‘plar nisbati panamaliklarga nisbatan ancha yaxshi.
Fikrlar