JCh-2018 turniri sabab e’tibordan chetda qolgan muhim voqealar

  • 29 iyun, 2018, 19:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” ukrainalik darvozabonni xarid qildi

Tecno

19 yoshli “Zarya” klubi posboni Andrey Lunin Madridning “Real” klubi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Bir yil oldin Lunin “Real”ga o‘tish orzusi ekanligini ma’lum qilgan va 2018 yil yozida bu haqiqatga aylandi. “Zarya” buning uchun 9 million evro ishlab oldi.

Lunin_1

Lunin – Ukraina termasi safida eng yosh darvozabon hisoblanadi. U 3 oy oldin Saudiya Arabistoni (1:1) bilan bo‘lgan o‘yinda debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Uning asosiy sifati sovuqqonlik deya baholanmoqda. Bundan tashqari vaziyatlarga tez moslashuvchan. Aynan uning shu hislatlari yangi murabbiy Xulen Lopetegi e’tiborini tortgan. Bu murabbiy ko‘proq yoshlar bilan ishlashni yoqtirishini ham aytib o‘tish zarur.

“Milanevrokuboklarda o‘ynamaydi

Milan out

Milan klubi o‘tgan mavsum Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Yakunda esa Evropa Ligasi saralash bosqichidan ishtirok etadigan bo‘ldi, ammo endi bu turnirda ham qatnashmaydi

UEFA “Milan” klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblab, jazoladi. Bir yil oldin klub prezidenti etib xitoylik Yongxong Li tayinlangan, shundan so‘ng “Milan” transfer bozorida jiddiy ishlarni amalga oshirdi. Bunda ular UEFA qoidalarini hisobga olmadi.

Italiyaliklar endi buni to‘g‘rilash uchun xalqaro sport hakamlik sudiga murajaat qilishni rejalashtirgan. Evrokuboklarga qaytish imkoniyatlari bormi? Bizningcha, bu faqatgina bir yildan so‘ng bo‘lishi mumkin.

“Sporting” Mixaylovich murabbiy etib tayinladi, biroq bir hafta o‘tib uni bo‘shatdi. Bu qimmatga tushdi...

mihaylovic

“Sporting” bilan so‘nggi vaqtlarda kutilmagan voqealar ko‘p bo‘lmoqda. Eslab ko‘ring. Prezident futbolchilarni yomon so‘zlar bilan haqorat qilgan. Muxlislar ularni urishdi. Futbolchilar shartnomalarini bekor qilib, Lissabondan jo‘nab qolishdi. Hatto murabbiy ham uzoqroq bo‘lsada Saudiya Arabistonida juftakni rostladi. Jorje Jezush o‘rniga serbiyalik Sinisha Mixaylovich tayinladi.

Mixaylovich jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi, klub sharflari sovg‘a qilindi, biroq afsuski bir haftadan so‘ng lavozimidan ozod qilindi.

“Sporting” hali ishni boshlashga ulgurmagan murabbiyga 300 ming evro to‘lashga ham majbur bo‘ldi. Yomon emas: chiroyli shaharda vaqtni o‘tkazib, yana pul ham ishlab oldi. Yakunda esa ishsiz qildi.

Mixaylovichni sobiq prezident Brunu de Karvalyu (aynan uning so‘zlari sabab klub janjal boshlangan) taklif qilgan va bo‘shatgan. Mixaylovich yangi kelgan Souza Sintra rahbariyati rejalariga kirmagan.

Nainggolan “Roma”ni “Inter”ga almashtirdi

naiggolan

Yozning ajoyib transferlaridan biri. Raja Belgiya terma jamoasini JCh-2018da himoya qilishi mumkin edi, biroq tarkibga kiritilmadi. Yaqinda u uzoq muzokaralardan so‘ng “Inter”ga 38 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi va jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Belgiyalik futbolchini iliq kutib olishdi. Uning o‘zi ham xuddi shuni xohlaganini ma’lum qildi.

Murabbiylar va vitse-prezident Xaver Zanetti tomonidan bildirilgan ishonch juda muhim. Ularga o‘zimni kerakli his qildim. “Roma”da meni sog‘inishadi, – deydi Raja. – Yoshligimdan “Inter”da o‘ynashni istab kelardim, ammo shu vaqtga bu amalga oshmay kelayotgan edi.

Grizmann “Barselona” o‘tmadi, Pike bu haqda film suratga oldi, klubdagilarning jahli chiqdi

Griezmann

Antuan Grizmann kelajagi borasida bir qarorga keldi. Evropa Ligasi qahramoni va “Atletiko” etakchisi “Barselona”dan jiddiy taklif tushishiga qaramasdan Madridda faoliyatini davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Uning bu qaroridan haqida butun boshli film olindi. Uni ikki oy davomida tayyorlashdi. Barchasi Grizmanning fikrlari, oilasining maslahatlari, bir qarorga kelgunga qadar bo‘lgan vaqtdagi xatti-harakatlari va muxlislarning bosimi haqida.

Film “Barselona” himoyachisi Jerar Pikega tegishli “Kosmos Studios” studiyasida chiqdi. Bu haqda Pike shunday deydi:

Garchi reaktsiya bir xil bo‘lsada, futbol uchun bunday film – yangi emas. Sport olamida bunday stsenariyli kino suratga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!