
Italiyani JCh-2018ga chiqara olmagan murabbiy A Seriyaning autsayder klubini boshqarishi mumkin
Lorentso D′Anna "Kevo" klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, veroniyaliklarni Italiya terma jamoasini JCh-2018ga chiqara olmagan Jampero Ventura boshqarishi mumkin.
Nashrda yozilishicha, 70 yoshli mutaxassis "Kevo" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, klub A Seriyaning 8 tur natijasida 6 uchrashuvda imkoniyat boy berib, 2 marta durang natija qayd etgan va turnir jadvalida ohirgi o‘rinni egalab kelmoqda.
Fikrlar