
Italiya. Iguain “Milan”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Italiya chempionati 4-turida “Milan” jamoasi safarda “Kalyari” futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Joao Pedro hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Gonsalo Iguain muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Kalyari – Milan 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Joao Pedro, 1:1 – 55 Iguain.
Kalyari – Krano, Srna, Romanya, Klavan, Padoin, Kastro (Dessena, 84), Bradarich, Barella, Joao Pedro (Sau, 64), Pavoletti, Farias (Ionitse, 52).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges (Laksalt, 85), Kessie, Bigliya, Bonaventura (Bakayoko, 66), Suso, Iguain, Chalxanoglu (Kastilexo, 73).
Ogohlantirishlar: Srna (72), Kessie (90).
Fikrlar