
Ispaniyada gol urayotgan Ronaldu Angliyada tarixiy rekord o‘rnatdi
Ushbu reytingda birinchi o‘rin 2003-2009 yillar davomida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga nasib qildi. Ayni paytda "Real"da o‘ynayotgan Krishtianu APLdagi faoliyati davomida besh marta Angliya chempioni, Evropa chempionalar ligasi g‘olibi va ilk bor "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasini "Arsenal"ning frantsiyalik afsonaviy hujumchisi Terri Anri egalladi.
Yana frantsiyalik futbolchi - "Manchester Yunayted"da porlagan Erik Kantona kuchli uchlikdan joy oldi.
Eng kuchli legionerlar o‘nligidan quyidagi futbolchilar ham joy oldi:
Denis Berkamp, "Arsenal"
Dide Drogba, "Chelsi"
Serxio Aguero, "Manchester Siti"
Janfranko Dzola, "Chelsi"
Patrik Vieyra, "Arsenal"
Peter Shmeyxel, "Manchester Yunayted"
David Jinola, "Nyukasl"
Bu futbolchilar orasida faqatgina Serxio Aguero hamon Angliya premer-ligasida to‘p surmoqda.
Fikrlar