
"Inter" bosh direktori Perishichning "Arsenal"ga o‘tishi haqidagi xabarlarni inkor etdi
Milanning "Inter" klubi bosh direktori Juzeppe Marotta jamoaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Perishichning "Arsenal"ga o‘tishi borasidagi xabarlarni inkor etdi.
“Klubda qolishni xohlamaydigan futbolchilarni tarkibda ushlab turish juda qiyin. Biroq, bu borada hozircha aniq taklif olmadik. Shu bois Ivanning joriy qishki transferlar davrida jamoadan ketishi haqidagi xabarlar asossiz”, - deydi Marotta.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Perishich “kanonirlar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar