Indzagi: 2007 yilgi EChL finalidan so‘ng 10 kecha uxlamaganman

  • 28 oktabr, 2017, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Milan” klubi sobiq hujumchisi Filippo Indzagi faoliyatidagi eng chiroyli deb 2007 yil Afinada bo‘lib o‘tgan EChL finalida “Liverpul” darvozasiga kiritgan golini aytib o‘tdi. Ta’kidlash lozimki, “Milan” o‘shanda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu kuni “rossonerilar”ning har ikkala goliga ham Indzagi mualliflik qilgan.

Tecno

“Faoliyatimdagi eng chiroyli gol bu so‘zsiz 2007 yil Afinada “Liverpul” darvozasiga kiritgan golimdir. Chempionlar ligasi finalida gol urish va g‘alaba qozonish har bir hujumchining orzusidir. Ishonasizmi, o‘sha g‘alabadan so‘ng 10 kecha o‘xlamaganman”, - deydi sobiq futbolchi.

Quyida ushbu tarixiy o‘yinda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!