Ilgiz Tantashev OChL–2017 turniri 2-tur uchrashuvida ishlaydi

  • 13 fevral, 2017, 12:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “E” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Muangtong Yunayted” (Tailand) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) bellashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Tantashevga qanotlarda Alisher Usmonov hamda Timur Gaynullin yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi hindistonlik Ramasvami Srikrishna Koimbatorega yuklatildi.

Uchrashuv komissari – Muhammad Sayfuddin Bin Abu Bakar (Malayziya), hakamlar nazoratchisi – Muhammad Ali Bin Hamad (Singapur).

“Muangtong Yunayted” va “Kashima Antlers” uchrashuvi 28 fevral kuni Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Supachasalai National Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!