
Ibrohimjon O‘rinov va Olesya Kim xalqaro turnir g‘olibi
Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan nufuzli turnir yakunlandi.
Turnirining final uchrashuvida Ibrohimjon O‘rinov va Olimjon Nabiev o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Ibrohimjon 6:3 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarning so‘nggi uchrashuvi Milana Maslenkova hamda Olesya Kim o‘rtasida o‘tdi. Unda Milana birinchi setda hisob 4:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Fikrlar