
Gullit Azarni Kantedan ustun qo‘ydi
Londonning “Chelsi” klubi afsonasi Rud Gullit Angliyaning yil o‘yinchisi nominatsiyasida kimni tanlashini aytib o‘tdi.
“Men o‘z ovozimni Azarga bergan bo‘lardim. Chunki, “Chelsi”ning aksariyat g‘alabalarida uning xizmatlari beqiyos. Huddi shuningdek Kante ham jamoaning eng asosiy kuchlaridan biri. Ammo, men murabbiyning o‘rnida bo‘lganimda Azarni tanlardim. Ularning ikkalasi ham barcha jabhada etakchi hisoblanishadi. Biroq, menga ko‘proq Azarning o‘yin uslubi yoqadi”, - deydi Gullit.
Fikrlar