Go‘zal Ismatova jahon chempionatida chorak finalga chiqdi

  • 20 noyabr, 2018, 10:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Avval Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XI jahon chempionati o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. 

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) tomonidan o‘tkazilayotgan chempionatda vazni 81 kilogrammdan yuqori bo‘lgan hamyurtimiz Go‘zal Ismatova chorak final yo‘llanmasi uchun vengriyalik Adrienn Juxaszga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tecno

«IG Indoor Stadium» sport saroyida keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda Go‘zal raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Afsuski, vakillarimizdan Shahnoza Yunusova, Tursunoy Rahimova, Gulasal Sultonalieva o‘z vazn toifalarida  1/8 final janglarida ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchrashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!